“Asaka” banki avtokredit berishni boshladi

Avtokredit muddati jismoniy shaxslar uchun 3 yilni tashkil etadi. Kreditning stavka foizlari dastlabki to‘lov miqdoriga bog‘liq.

  • Mashina narxining 35 foizigacha — yillik stavka 18 foiz;
  • Mashina narxining 45 foizigacha — yillik 17 foiz;
  • Mashina narxining 45 foizdan yuqorisi — yillik 16 foiz;
  • Boshlang‘ich to‘lovsiz — yillik 23 foiz.

Kreditni to‘lashda 3 oy imtiyozli davr mavjud. Bunda to‘lovchi 3 oy mobaynida faqatgina foizlarni to‘lab, asosiy qarzni to‘lamaydi.

Bundan tashqari yosh oilalarga (er-xotinning har birini yoshi o‘ttizdan oshmagan bo‘lishi kerak) avtomobil sotib olishda 9 foiz svatkali kreditlar taqdim etiladi. Faqatgina ular avtomobil narxining 25 foizidan kam bo‘lmagan to‘lovini amalga oshirishlari lozim.

Avtokredit olish uchun banklarning talabi:

  1. Pasportning asli va uning kseronusxasi;
  2. Yashash joyidan ma’lumotnoma;
  3. Ish joyidan so‘nggi 12 oy bo‘yicha daromad ma’lumotnomasi (lavozimi ko‘rsatilgan holda va ish beruvchining nomi hamda STIRi)
  4. Kredit oluvchining STIRi (INN) hamda shaxsiy pensiya jamg‘armasi hisobi daftarchasining (INPS) nusxalari (INPS saqlovchi bankning kodi);
  5. Avtosalon bilan shartnoma.

“Asaka” hamda “Aloqabank” hujjatlar bilan 5 ish kuni davomida tanishib chiqadi.

AVTO KREDIT BERUVCHI BANKLAR

Bank To'lov Stavka
AgroBank 50% 28-30%
Asia Alliance Bank 25% 27-31%
Davr-Bank 30% 30%
Ipak Yo'li Bank 40% 23.8%
Ipoteka Bank 40% 30%
Kapital Bank 30% 24%
Orient Finans Bank 25% 26-28%
TrastBank 30% 24-28%
TurkistonBank 30% 28-30%
НаmkorBank 30% 30%
UzPromStroyBank 25% 28-31,9%
UniversalBank 30% 42%
SavdogarBank 30% 30%
Ravnaq-Bank 30% 28-32%
Ziraat Bank 30% 24-27%
Tenge Bank 30% 25,9%