Qiziqarli faktlar

Mashinalardagi zamonaviy ehtiyot qismlar uzoq shakllanish yo‘lini bosib o‘tishgan. Biz sizga ularning kelib chiqishiga doir bir nechta qiziqarli faktlarni taqdim etmoqchimiz.
1. Oynalarni vertikal cho‘tkalar bilan tozalash g‘oyasi 1903 yilda vujudga kelgan. Oradan unchalik uzoq vaqt o‘tmasdan tanaffussiz tebranma harakatlanuvchi avtomatlashtirilgan oynatozalagichlar yaratildi. 50 yildan so‘ng ularning tanaffus bilan ishlashi ta’minlandi.
2. Avtomagnitolalar ilk ko‘rinishda 8 tagina musiqa yo‘lakchadan iborat bo‘lgan. U XX asrning 60-yillari uchun haqiqiy kashfiyotga aylangan.
3. Spidometrning ajdodi bo‘lmish odometrni dastlab avtomobilga o‘rnatish kerak emas, deb hisoblashgan. Baxtimizga, 1901 yilda o‘tilgan masofa va tezlikni ko‘rsatadigan ushbu asbobni qo‘llash qaroriga kelishgan.
4. 1933 yilda yaratilgan mexanik muvofiqlashtiruvchiga ega oyna ko‘targichlar yaratilgani haqidagi hujjatlar sir saqlangan. Chunki ular faqat yuqori mansab egalarining mashinalarida ishlatilgan va davlat siri hisoblangan. Shu sababli oynalarni elektron shaklda boshqarish faqat 1948 yilda joriy etilgan. Bu esa butunlay yangicha ishlanma edi.
5. Ilk rul avtomobildan kechroq yaratilgan. Transport vositalari avvaliga dastak bilan boshqarilgan. Ammo keyin bu samara bermagach, g‘ildirakli rulni yaratishga ehtiyoj sezildi. Mashinalar tezligining ortishi ham uning yaratilishiga sabab bo‘ldi.
6. Avtomobil raqamlari Frantsiyada yaratilgan. Bunga esa ushbu qiziqarli hodisa sabab bo‘lgan. Politsiya xodimlari Parij jandarmeriyasi boshlig‘i qarindoshining g‘ozlarini bosib ketgan ular “bug‘li arava”ni qidirishga majbur bo‘lishgan.
7. Xavfsizlik kamarlari – zamonaviy avtomobillarning shartli qismi, avvaliga aviatsiya sohasida, keyin avtopoygalarda qo‘llanilgan. So‘ngra avtohavaskorlar mashinalariga o‘tgan.
8. Xavfsizlik yostiqchalariga talab ko‘pchilik xavfsizlik kamaridan foydanmagani sabab yuzaga keldi. Yangilik yo‘lovchilarni baxtsiz hodisa yuz berganda salonning biror joyiga urilishdan saqlab qolgani tufayli mashhur bo‘ldi.

AVTO KREDIT BERUVCHI BANKLAR

Bank To'lov Stavka
AgroBank 50% 28-30%
Asia Alliance Bank 25% 27-31%
Davr-Bank 30% 30%
Ipak Yo'li Bank 40% 23.8%
Ipoteka Bank 40% 30%
Kapital Bank 30% 24%
Orient Finans Bank 25% 26-28%
TrastBank 30% 24-28%
TurkistonBank 30% 28-30%
НаmkorBank 30% 30%
UzPromStroyBank 25% 28-31,9%
UniversalBank 30% 42%
SavdogarBank 30% 30%
Ravnaq-Bank 30% 28-32%
Ziraat Bank 30% 24-27%
Tenge Bank 30% 25,9%