Ravon mashina narxlari 2020-yildan o'zgardi

O'zbekiston Rossiyada Ravon avtomobillari narxlarini 2020-yildan pasaytirdi.

Past narxlar raqobat ustunligiga erishishga urinish bo'lishi mumkin, deydi internet tahlilchilari. Avvalroq Spot sayti yozganidek, O'zbekiston qariyb 1,5 yildan so'ng Rossiya bozoriga avtomobil yetkazib berishni qayta tikladi. Avgust oyida Ravon brendi ostidagi ilk partiyalari sotuvga chiqgan edi.

Shu bilan birga narx-navo siyosati qayta ko'rib chiqilgani va O'zbekiston avtomobillari Rossiya Federatsiyasidagi eng arzon xorijiy avtomobillari reytingidan chiqganligi ma’lum bo'ldi, biroq endi Ravon mashina narxlari sezilarli darajada pasaydi.

Agar avval Ravon R2 qiymati 646 000 rubl, Ravon R3 Nexia 670 000 rubl, va Ravon R4 - 678 000 rubldan sotilgan bo'lsa, endilikda bu modellarni pasaytirilgan narxlarda yani 586 000 rubl, 550 000 rubl va 603 000 rubldan sotishmoqda. Narxlar pasayishi qariyb $ 1,000 yoki undan ko'proq. Ta'kidlab o'tish joiz bu sezilarli o'zgarish.

Mashina narxlari

Lekin bu 2018-yildagi ko'rsatkichdan ancha ko'proq qiymat — eslatib o'tamiz Ravon R2 modeli boshlang'ich narxi 439 ming rubl bilan Rossiyada eng arzon xorijiy avtomobil bo'gan edi.

"AUTOSTAT" analitik agentligi eslatib o'tadi: Shu yilning yoz oyidagi mutaxassislar avtomobil narxlash siyosati "AvtoVaz" ("Granta" va "Vesta" modellari) va Koreya brendlari (Hyundai va Kia) mahsulotlari bilan raqobat qilishga va Rossiya bozoriga Ravon brendini qaytarish muvaffaqiyatiga shubha bilan qarashgan edi.

Agentlik mutaxassislarining fikricha, joriy narxning pasayishi odatiy mavsumiy harakat emas, balki pastroq narx ko'rinishida raqiblariga nisbatan raqobat ustunligiga erishishga urinishdir. Nima bo'lganda ham Ravon mashinalari chet elda ham raqobatbardosh mahsulot bo'lishiga ishonamiz.

AVTO KREDIT BERUVCHI BANKLAR

Bank To'lov Stavka
AgroBank 50% 28-30%
Asia Alliance Bank 25% 27-31%
Davr-Bank 30% 30%
Ipak Yo'li Bank 40% 23.8%
Ipoteka Bank 40% 30%
Kapital Bank 30% 24%
Orient Finans Bank 25% 26-28%
TrastBank 30% 24-28%
TurkistonBank 30% 28-30%
НаmkorBank 30% 30%
UzPromStroyBank 25% 28-31,9%
UniversalBank 30% 42%
SavdogarBank 30% 30%
Ravnaq-Bank 30% 28-32%
Ziraat Bank 30% 24-27%
Tenge Bank 30% 25,9%