Uz Avto Motors monopoliyasi

Hafsalalar sovumasligi lozim.

Monopolistlar bilan kurash uzoq va murakab yo'l. Barmoqlarni bitta shaqillatish bilan ular yo'q bo'lib qolmaydi.

Monopolist sudga shikoyat qilishini bildiripti (https://t.me/uzautomotorscom/1268). Demak kurash davom etadi. Demak antimonopoliya va o'zbek jamoatchiligini, rostanam xalq saylagan faol deputatlarning kelishilgan harakatlari har doimgidan ham ko'ra zarurroq bo'ladi.

Eng avvalo, Uz-Avto motors potentsial xaridorlarining hozirgi strategiyasi kutish rejimi tarzida bo'lishi kerak. Ular hech narsa yutqazmaydi. Monopolist sotuvlar hajmi keskin pasayishi (busiz ham pasaymoqda) va antimonopoliya bosimi, shuningdek xaridorlarning jamoaviy harakati ortidan narxlarni pasaytirishga baribir majbur bo'ladi.

Ayni o'rinda, eng asosiy talab O'zavtomotors bilan birga Hukumatga bo'lishi lozim (bu antimonopoliya organlarining emas, deputatlarning vakolati).
Agar hukumat har chorakda/har yarim yilda/har yilda hech qursa 10%dan boj tariflarini pasaytirib borsa, Uz-Avto motors bunchalar yuzsiz monopolistga aylanmagan bo'lardi.

Bojlarning pasaytirilishi nisbiy afzallikni ko'rsatuvchi hisob-kitob modellari jamoatchilikka va Hukumatga yetkazilishi kerak. Boj tariflari tushirilishi va byudjetga tushumlar oshishi korrelyatsiyasi judayam yuqori. Bojlarning bosqichma-bosqich pasaytirilishi O'zavtomotors orqali bevosita va bilvosita byudjetga tushayotganidan ko'proq tushumlarni ta’minlay olishini ko'rsata olish zarur, ayniqsa hozirgi karantin cheklovlari vaqtida.
Bu yo'lda avvalo Hukumatning irodali qarori va harakat rejasi kerak xolos.

Hech kim Hukumatdan import tariflarini bugundan nollashtirishni so'ramayapti. Monopolist Uz-Avto motorsga uning monopoliyasi import tariflarini pasaytirilishi orqali yaqin istiqbolda yo'qqa chiqarilishi borasida ochiq signallar berilishi lozim.

@the_bakiroo.

AVTO KREDIT BERUVCHI BANKLAR

Bank To'lov Stavka
AgroBank 50% 28-30%
Asia Alliance Bank 25% 27-31%
Davr-Bank 30% 30%
Ipak Yo'li Bank 40% 23.8%
Ipoteka Bank 40% 30%
Kapital Bank 30% 24%
Orient Finans Bank 25% 26-28%
TrastBank 30% 24-28%
TurkistonBank 30% 28-30%
НаmkorBank 30% 30%
UzPromStroyBank 25% 28-31,9%
UniversalBank 30% 42%
SavdogarBank 30% 30%
Ravnaq-Bank 30% 28-32%
Ziraat Bank 30% 24-27%
Tenge Bank 30% 25,9%