Optsiyalar haqida

KOD Nomlanishi Ma'lumot
C37&C38 Old o‘rindiqlarni isitish moslamasi Haydovchi va old o‘rindiqdagi yo‘lovchi o‘rindig‘ining isitish moslamalari
DLW Orqani ko‘rsatuvchi yon ko‘zgularni masofadan boshqarish tizimi Haydovchiga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida isitish spirali o‘rnatilgan orqa-atrofni ko‘rish uchun oynalarni masofadan boshqarish moslamasi
UK3/NZA Rulga o‘rnatilgan masofadan boshqarish moslamasi Haydovchi uchun ruldan qo‘lini olmasdan ko‘rsatkich panelini boshqarish vositasi
BS1 Qo‘shimcha shovqin izolyatsiyasi
UTJ Passiv elektr signalizatsiyasi Avtomobilni barcha eshiklari yopilgandan so‘ng, avtomatik ravishda qo‘riqlash tizimiga o‘tishi
C50 Old oynani isitish tizim Noqulay ob-havo sharoitida old oynani parlanishi yoki muzlashini oldini oluvchi moslama
UJM Shinadagi bosimni nazorat qilish tizimi G‘ildirak xavo bosimi pastligi yoki yuqoriligi to‘g‘risida xabar beruvchi tizim (TPMS, Tires Pressure Monitoring System)
BQI Salondagi havo purkagichning xrom qoplamali panjarasi
C35 Salonning orqa qismini isitish moslamasi Orqadagi yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha deflektorlar orqali isitish tizimi
FX3 Elektron mutanosiblik tizimi Avtomobilni dinamik barqarorlashtirish tizimi, katta tezlikda ketayotganda g‘ildiraklarni ishlashini nazorat qilib, muvozanatni saqlashga imkon beruvchi faol avtomobil havfsizlik tizimi
RRL Po‘lat disk 15x6.0
NR0 Charm qoplamali rul
AAM Haydovchi tizzasining ximoya vositasi Haydovchi xamda old taraf yo‘lovchining tizasini qo‘shimcha ximoya qilish moslamasi
USR Qo‘shimcha USB port
KA1 Old o‘rindiqlarni isitish moslamasi Haydovchi va old o‘rindiqdagi yo‘lovchi o‘rindig‘ining isitish moslamalari
AH3 Haydovchi o‘rindig‘ini sozlash moslamasi Haydovchi o‘rindig‘ining qo‘shimcha bel tarafini va o‘tirish yostig‘ini xaydovchi o‘zi uchun qulay xolatga moslasshtirish imkonini beruvchi moslama
V22 Radiatorning xrom qoplamali panjarasi
5HC Orqa bamperning xrom qoplamali moldingi
C99 Ko‘rsatkich panelidagi havfsizlik yostig‘ini o‘chirish moslamasi Havfsizlik yostig‘larining ishlashini boshqarish tizimi
DG6 Kuzov rangida bo‘yalgan orqani ko‘rsatuvchi yon ko‘zgularni masofadan boshqarish va isitish tizimi Haydovchiga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida isitish spiral o‘rnatilgan orqa-atrofni ko‘rish uchun oynalarni salon ichidan boshqarish moslamasi
T3N Kunduzi ishlaydigan yorug‘lik uchun ulagich
BAH Immobilayzer Avtomobilni o‘t oldirish uchun kontaktni bloklash tizimi