Avtokredit olish uchun qanaqa hujjatlar kerak?

Avtokreditga talab juda yuqori bo'lib kundan kunga banklar shartlarini qisqartirib foiz stavkalarini kamaytirib bormoqda. Ko'p mijozlar o'ylanib o'tirishadi avtokredit olsam yutqazmaymanmi yoki qimmatga tushib ketmaymanmi deb, aksincha agar sizda xozirdan kredit olib qo'ysangiz infilatsiya hisobiga va narxlar oshishiga yutqazmaysiz balkim yutishiz mumkin mana misol uchun, 1 avgustga qadar avtokredit olishga ulgurgan mijozlar endi xursand bo'lishayabdi oshgan narxi bilan bir xil bo'lib qoldi xuddi % foiz to'lamayotgandayman deyishadi, ha to'grida chunki kundan kunga narxlar oshib bormoqda. 

Endi mavzuga qaytadigan bo'lsak sizga avtokredit olish uchun qanaqa hujjatlar kerakligini sanab o'tamiz.

1) Kreditni olish uchun ariza;
2) Belgilangan tartibda o‘rnatilgan, ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (mehnat staji 6 oydan kam bo‘lmasligi kerak);
3) Mijozning shaxsini va turar joyini tasdiqlovchi hujjatning asl nushasi, undan Kredit bo‘limining xodimi tomonidan nusha olinadi;
4) Turar joyidan ma’lumotnoma (mahalla komitetidan).
5) Avtomobilni yetkazib berish haqidagi shartnoma.

Agar avtokredit 2018 foiz stavkalari haqida bilmoqchi bo'lsangiz ma'lumotlar menyusidan AVTOKREDIT sahifasiga murojaat qiling.

AVTO KREDIT BERUVCHI BANKLAR

Bank To'lov Stavka
AgroBank 50% 28-30%
Asia Alliance Bank 25% 27-31%
Davr-Bank 30% 30%
Ipak Yo'li Bank 40% 23.8%
Ipoteka Bank 40% 30%
Kapital Bank 30% 24%
Orient Finans Bank 25% 26-28%
TrastBank 30% 24-28%
TurkistonBank 30% 28-30%
НаmkorBank 30% 30%
UzPromStroyBank 25% 28-31,9%
UniversalBank 30% 42%
SavdogarBank 30% 30%
Ravnaq-Bank 30% 28-32%
Ziraat Bank 30% 24-27%
Tenge Bank 30% 25,9%