GM kuniga 1000 dan ortiq avtomobil ishlab chiqarmoqda

Qanchalik tez ishlab chiqarish hajmini oshirsak, xaridorlarning o'z avtomobiliga erishish davri shunchalik tez kamayadi, deb xabar berishdi kompaniyada.

Hozirda Uz Avto sanoatining yuragi bo'lgan GM Uzbekistan kompaniyasi kuniga mingdan ziyod avtomobil ishlab chiqarishni boshladi, deb xabar berdi "O'zavtosanoat" aksiyadorlik kompaniyasi rivojlanish va marketing bo'yicha rais o'rinbosari Umidjon Salimov bo'lib o'tgan avtomobillarni onlayn savdoga chiqarish to'g'risidagi brifingida.

Shuningdek, hech qachon zavodda bunday miqdorda avtomobil ishlab chiqarilmagan deb ham aytib o'tdi. "Avvallari kuniga ko'pi bilan 700-750 dona avtomobil ishlab chiqarar edi. Hozir esa 1100 donaga yetkazdik" - dedi rais o'rinbosar.

Davlat statistika qo'mitasining xabar berishicha o'tgan yili 135 000 ta avtomobil ishlab chiqarilgan bo'lsa shu yil o'tgan 2016-yilga nisbata ishlab chiqarish hajmi 58% ga o'sdi. Shu yilning yanvar oyidan sentyabrigacha 124 000 ta yengil avto ishlab chiqarildi.

Yaqinda GM Uzbekistan onlayn xarid qilish imkonini beruvchi yangi mobil platformalarida ishlovchi ilovani ishga tushurdi. Bir kun ichida Google Play orqali mingdan ziyod foydalanuvchilar ko'chirib olishdi.

Eslatib o'tamiz mobil ilovaning nomi "UzAvtoSavdo". Ilovaning yaqindagina ishga tushganligi sababli kamchiliklar ham yo'q emas, asta sekin kamchilklar bartaraf etiladi degan umiddamiz.

AVTO KREDIT BERUVCHI BANKLAR

Bank To'lov Stavka
AgroBank 50% 28-30%
Asia Alliance Bank 25% 27-31%
Davr-Bank 30% 30%
Ipak Yo'li Bank 40% 23.8%
Ipoteka Bank 40% 30%
Kapital Bank 30% 24%
Orient Finans Bank 25% 26-28%
TrastBank 30% 24-28%
TurkistonBank 30% 28-30%
НаmkorBank 30% 30%
UzPromStroyBank 25% 28-31,9%
UniversalBank 30% 42%
SavdogarBank 30% 30%
Ravnaq-Bank 30% 28-32%
Ziraat Bank 30% 24-27%
Tenge Bank 30% 25,9%